22:57 / 09.04.2020
29863
Tojikistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, koronavirus tarqalishi oldini olishda ko‘mak ko‘rsatish maqsadida qo‘shni Tojikistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi.

Ta'kidlab o‘tish joiz, O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi vaqtida Xitoy, Eron va Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatdi.

Qardosh tojik xalqiga yuborilgan insonparvarlik yordami birinchi navbatda virus tarqalishi oldini olishda zarur bo‘lgan tibbiy vositalar, jumladan antiseptik va zararsizlantiruvchi vositalar, tibbiy xalatlar, qo‘lqoplar, baxilalar, respiratorlar, tibbiy ko‘zoynaklar va ming tonna undan iborat bo‘lgan

Insonparvarlik yordami Surxondaryo viloyatidan Dushanbega 18 ta vagonda jo‘natilgan. Uni Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Azim Ibrohim va sog‘liqni saqlash vaziri  Nasim Olimzoda kutib olgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top