23:30 / 09.04.2020
19189
«Ular xalqimiz uchun astoydil mehnat qilishmoqda» - Alisher Shodmonov shifokorlarga ehtirom ko‘rsatdi

Bugun O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 8 nafari butunlay sog‘ayib, ushbu darddan forig‘ bo‘lganlar 38 nafarga yetdi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bunday natija zamirida bor mahoratini ishga solib, fidoyilik ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarining zahmatli mehnatini e'tirof etdi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi jamoasiga Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov shifokorlarga alohida ehtirom ko‘rsatib, guldastalar bilan birga, chuqur minnatdorlik izhor etdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi 

«Sababi ular bugungi kun qahramonlari. Bu e'tirof dunyoning barcha mintaqalarida, davlatlarida  yangrayotgani ham bejiz emas. Chunki jahon bo‘ylab insonlar hayotiga tahdid solayotgan koronavirus infeksiyasiga qarshi, birinchi navbatda, shifokorlar jasorat va matonat ko‘rsatishmoqda. Yuz minglab bemorlarning hayoti uchun kecha-yu kunduz jon kuydirayotgan tibbiyot xodimlariga milliardlab insonlarning umid ko‘zlari qadalgan. Darddan forig‘ bo‘layotgan insonlar quvonchi esa qahramon tibbiyot xodimlariga kuch-g‘ayrat, ishtiyoq bag‘ishlamoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi 

Bunday vatanparvarlik namunasini mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan minglab shifokorlarimiz misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Ular oilasi, yaqinlari, xalqimiz uchun maxsus tibbiyot va karantin muassasalarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga astoydil harakat qilishmoqda. Shunday ekan, ularning mehnati har qancha ehtiromga munosibdir»,deya Alisher Shodmonovning so‘zlarini keltirmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top