20:34 / 10.04.2020
55198
Bill Geyts koronavirus pandemiyasi qachon tugashini taxmin qildi

Microsoft asoschisi, milliarder Bill Geyts dunyo yoz fasli boshlarida odatiy hayotga qaytishi mumkinligini aytdi.

Foto: Getty Images

Bill Geytsning fikricha, maktab va universitetlar kuzda o‘z faoliyatlarini boshlashi mumkin, ammo AQSh va dunyo iqtisodiyoti «yangi» dunyoga moslasha olmaydi. U yoz va kuzda odamlar ishlab chiqarish, qurilish va ta'lim olishga to‘liq qaytishlari mumkinligini taxmin qildi.

Mart oyida Bill va Melinda Geyts fondi epidemiyaga qarshi kurashish uchun 100 mln dollar ajratgandi. Milliarder koronavirusni aniqlaydigan «uy» testini yaratish bo‘yicha loyihani moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatladi va uni ishlab chiqarish uchun pul to‘lashga tayyorligini bildirdi. Ammo Geytsning fikricha, koronavirusga qarshi vaksina hali-beri yaratilmaydi.

CNBC telekanaliga bergan intervyusida Bill Geyts davolashning terapevtik usullari to‘rt-olti oydan keyin qo‘llanila boshlashi mumkinligini, xavfsiz va samarali vaksina esa 18 oydan keyin paydo bo‘lishini aytdi.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top