13:16 / 10.04.2020
6901
Koronavirusni epidemiya deb e'lon qilish uchun aholining 1 foizidan ortig‘i kasallangan bo‘lishi kerak - Almatov

Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov nima uchun respublikada tarqalgan koronavirus kasalligi epidemiya deb e'lon qilinmayotgani to‘g‘risidagi savolga javob berdi.  

«Respublikada tarqalgan koronavirus kasalligini epidemiya, deb e'lon qilish uchun umumiy aholining 1 foizidan ortiq qismi shu kasallikka chalingan bo‘lishi kerak. Mamlakat aholisi 34 million. Qayd etilgan kasallik holatlari esa 624tani tashikl etmoqda.

Boshqa davlatlarga qaraganda bizdagi ko‘rsatkichlar judayam past. Hukumat tomonidan qilingan tezkor tadbirlar tufayli virus tarqalish jarayoni sekinlashdi», dedi Almatov.

Shuningdek, qanday dezinfeksiya vositalaridan foydalanish mumkinligi bo‘yicha savolga javob berildi.

Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda respublikada 50dan ortiq turdagi shunday vositalardan foydalanishga ruxsat berilgan. Ularni dorixona, yirik savdo shoxobchalaridan ham xarid qilish mumkin. Undan tashqari, oshxona idishlarini yuvishda ishlatiladigan vositalar tarkibida ham zararlantiruvchi moddalar bor. Qo‘l antiseptik gellarini ham ishlatsa bo‘ladi. Ularda gigiyenik muvofiqlik sertifikatlari mavjud.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top