19:05 / 10.04.2020
9219
Navoiy viloyati PPXga yangi boshliq tayinlandi

Navoiy viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi.

Ichki ishlar vazirining 10 apreldagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan podpolkovnik Yunus Bekpo‘latovich Eshmuratov Navoiy viloyati PPX boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Yunus Eshmuratov 2017 yilning aprelidan buyon Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani IIB  boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Navoiy viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasining avvalgi rahbari podpolkovnik Sherzod Shokirovich Ibragimov 2020 yilning fevralida Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Top