19:54 / 10.04.2020
20065

Navoiy viloyatida uch tumanda IIB boshlig‘i almashdi, yana olti hududda tuman IIBga yangi rahbarlar tayinlandi

Ichki ishlar vazirining 10 apreldagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. 

Mayor Ravshan Avazovich Shernazarov Navoiy shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ravshan Shernazarov

Tayinlovga qadar R.Shernazarov Navoiy viloyati, Karmana tumani IIB  boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Akbar Axtamovich Savurov Navoiy viloyati, Karmana tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Akbar Savurov

Tayinlovga qadar A.Savurov Navoiy viloyati, Uchquduq tumani IIB  boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Aristangali Yeleubayevich Rayxanov Navoiy viloyati, Uchquduq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Aristangali Rayxanov

Tayinlovga qadar A.Rayxanov Navoiy viloyati, Konimex tumani IIB 12-son ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Eshmuratov Yunus Bekpulatovich Navoiy viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Yu.Eshmuratov Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Akmal Qo‘chqorovich Abduraimov Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Akmal Abduraimov

Tayinlovga qadar A.Abduraimov Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Baxodirxo‘ja Zarifovich Sharipov Buxoro shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Baxodirxo‘ja Sharipov

Tayinlovga qadar B.Sharipov Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Karamatdin Shamsheddinovich Abdullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Karamatdin Abdullayev

Tayinlovga qadar K.Abdullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani IIB boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Akramxon Abdulazizovich Sadikov Andijon viloyati, Shahrixon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Akramxon Sadikov

Tayinlovga qadar A.Sadikov Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Xo‘janazar Shaymardanovich Bahriyev Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Xo‘janazar Bahriyev

Tayinlovga qadar X.Bahriyev Qashqadaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Bekmirza Narzullayevich Shodiyev Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bekmirza Shodiyev

Tayinlovga qadar B.Shodiyev Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Shavkat Abdugapparovich Narmuratov Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shavkat Narmuratov

Tayinlovga qadar Sh.Narmuratov Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Elyorjon Boxodirovich Xaydamatov Farg‘ona viloyati, Quva tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Elyorjon Xaydamatov

Tayinlovga qadar E.Xaydamatov Farg‘ona viloyati, Quva tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid
Top