22:45 / 10.04.2020
30416
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 641taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 17 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 10 aprel soat 22:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 641 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda dastlabki bemor 15 mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada ko‘paya boshladi.

Shu vaqtgacha bemorlarning 42 nafari sog‘aygan, 3 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top