23:45 / 10.04.2020
66395
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 669taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 28 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 10 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 669 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda dastlabki bemor 15 mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada ko‘paya boshladi.

Shu vaqtgacha bemorlarning 42 nafari sog‘aygan, 3 kishi vafot etgan.

Top