22:49 / 11.04.2020
27391

Almatida taksichilarning mijozlarni shahardan olib chiquvchi ayyorona usuli oshkor bo‘ldi

Qozog‘istonning Almati shahri politsiyasi xususiy taksi haydovchilari tomonidan fuqarolarni karantin hududdan olib chiqish uchun qo‘llanayotgan ayyorona usulini aniqladi. 

Foto: Getty Images

Caravan.kz xabariga ko‘ra, bu sxemada taksichilardan tashqari, shahar chegarasidagi ikki xonadon egalari ham ishtirok etgan. 

Sxema bunday ishlagan: taksichi mijozni shahar chekkasidagi uyga olib kelgan. Mijoz taksidan tushib, uyga kirib, hovli orqali chegarani kesib o‘tib, viloyat hududidagi boshqa uyning hovlisiga kirgan. U yerdan chiqib, ikkinchi taksiga o‘tirgan va manziliga yetib olgan. 

Sxemaning har bir ishtirokchisi o‘z ulushini olgan. Xususan uy egalari har bir mijozdan 3 ming tanga (7 dollar) ishlab olishgan.

Xabarga ko‘ra, taksichilar va uy egalari qo‘lga olingan. Endi ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Qozog‘istonning Ma'muriy javobgarlik kodeksiga asosan, karantin qoidalarini buzganlik uchun 60 dollar miqdoridagi jarima yoki 15 sutka qamoq jazosi ko‘zda tutilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top