15:29 / 11.04.2020
35012
Andijonning gavjum dehqon bozorlaridagi narxlar qanday?

15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus aniqlanishi ortidan birlamchi iste'mol tovarlariga bo‘lgan talab oshdi. O‘sha kunlari koronavirus pandemiyasi tufayli odamlar sarosimaga tushdi. Dehqon bozorlari va oziq-ovqat bilan savdo qiluvchi do‘konlarda navbatlar paydo bo‘ldi, narxlar ko‘tarilganiga ham guvoh bo‘ldik.

Koronavirus xavfi boshlangach, oradan 25 kun o‘tgach bozordagi bugungi narxlar bilan tanishish uchun Andijon shahridagi Markaziy dehqon bozori va «Yangi bozor» dehqon bozorlarida bo‘ldik.

Markaziy dehqon bozoridagi narxlar

Bozor darvozasi oldida kiruvchilarning tana harorati o‘lchanmoqda. Kartoshka va boshqa mahsulotlarga navbatlar yo‘q.

Bozordagi narxlar quyidagicha:

Kartoshka – 5000-6000 so‘m

Piyoz – 2000-3000 so‘m

Sabzi – 1500-2000 so‘m

O‘simlik yog‘i (5 kiloli idishda) – 48-50 ming so‘mgacha (1 kiloli idishda – 9 ming so‘m).

Bozor ma'muriyati tashkil qilgan yarmarkaga ham o‘tdik. Sotuvda mahalliy arzon narxdagi bug‘doy uni va kartoshkaga ko‘zimiz tushdi. Unning narxi 2800 so‘mdan (bir xaridorga ko‘pi bilan 5 kg), kartoshka esa 4500 so‘mdan sotilmoqda.

«Yangi bozor»da ro‘zg‘orbop kartoshka 4 ming so‘m ekan

Andijon shahridagi «Yangi bozor» dehqon bozorida ham narxlar mo‘'tadil, xaridorlar yetarlicha.

Bozordagi kartoshkaning narxi bilan qiziqdik. Ro‘zg‘orbop kartoshkaning bir kilogrammi 4000 so‘m ekan.

Boshqa asosiy mahsulotlarning narxlari quyidagicha:

Kartoshka (sara) – 5000-5500 so‘m

Sabzi – 1500-2000 so‘m

Piyoz – 2000-3000 so‘m

O‘simlik yog‘i (1 kiloli idishda) – 9 ming so‘m

Bu yerda ham xaridorlar so‘nggi kunlarda narxlardagi o‘zgarish sezilmaganini, faqat ayrim mahsulotlar narxida biroz ko‘tarilish kuzatilganini aytishdi.

Bozorlar juda gavjum

E'lon qilingan karantin holati, yuqumli koronavirus xavfi haqidagi muntazam ogohlantirishlarga qaramay, dehqon bozorlari odamlar bilan to‘la ekaniga guvoh bo‘ldik.

Andijon viloyati markaziga yaqin tumanlarda faoliyat yurituvchi oziq-ovqat do‘konlari mahsulotlarni «Jahon bozori» yonidagi «Dehqon bozori» deya ataluvchi ulgurji bozordan olib ketadi. Mazkur bozor ham sotuvchi va xaridorlar bilan gavjum.

Karantin davrida tuman va shahar hokimliklari tomonidan aholi uchun birinchi navbatdagi iste'mol tovarlarini joylarga avtodo‘konlarda yetkazib berish ishlari ham amalga oshirilyapti. Shu yo‘nalishdagi ishlarni ko‘lamini oshirish, bizningcha, bozorlarda odamlar ko‘p to‘planishining oldini olishga yordam beradi.

Sarvarbek Nazarov,
Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top