15:28 / 11.04.2020
15587
AQShlik senator Xitoyni koronavirus uchun "jazolash" kerak degan fikrni ilgari surdi
Foto: AP Photo / Andrew Harnik

Amerikalik senator Lindsi Grem Fox News telekanaliga bergan intervyusida Xitoy amerikaliklarning hayotdan ko‘z yumishi va ishsizligida bosh aybdor ekani haqida bayonot berdi. 

"Pandemiya Xitoy hukumati va uning siyosati tufayli boshlandi. Bu Xitoydan tarqagan uchinchi kasallikdir", — deb izoh bergan senator. Uning qayd etishicha, AQSh "Xitoyni o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishga majburlashi kerak".

"Va men Xitoyga qarzimizning bir qismidan voz kechishni boshlashni xohlardim, chunki biz ularga emas, ular bizlarga to‘lashi kerak!" — degan senator.

Shu bilan birga, uning fikricha, pandemiya g‘arb mamlakatlarining zaif tomonini ko‘rsatib bergan. Bundan tashqari, Xitoyni shunday jazolash kerakki, uni kelgusida to‘xtatib tursin.

Top