15:44 / 11.04.2020
18515

Foto uchun eng yaxshi smartfon qaysi ekani ma'lum qilindi

Ekspertlar mobil fotosuratlar olishdagi yangi flagman smartfonni ma'lum qilishdi.

Tanishing - Huawei P40 Pro. DxOMark laboratoriyasi mutaxassislari aynan ushbu smartfonni mobil suratkashlikdagi eng yaxshi qurilma sifatida e'tirof etishdi. Ta'kidlanishicha, Huawei suratga olish borasida raqobatchilari erisha olmagan natijaga erishgan. 

DxOMark ekspertlari yangi Huawei P40 Pro smartfonini sinab ko‘rar ekan, foto sifatini 140 ball, video sifatini 105 ball bilan baholashgan. Umumiy hisob 128ni tashkil etgan. Bu raqamlar uning yaqin raqobatchilari Xiaomi Mi10 Pro va Oppo Find X2 Pro smartfonlaridan sezilarli ustunligini anglatadi. Ular o‘rtacha 124 balldan to‘play olgan. 

DxOMark mutaxassislari bildirishicha, odatda yangi mahsulot biroz o‘zgarish kiritish orqali oldingisiga qaraganda qo‘shimcha bir balga ega bo‘ladi. Biroq, bu safar barchasi boshqacha bo‘ldi, deydi ekspertlar. Huawei P40 Pro sifatning yangi me'yorini e'lon qilgani bois, 4 ballik ustunlikka loyiq ko‘rildi. 

Huawei P40 Pro Foto: DXOMARK lab

Huawei bunday natijaga Leica bilan hamkorlikda takomillashtirilgan fotomodul evaziga erishdi. U nafaqat, 10 karrali gibrid va 50 karrali raqamli zum bilan maqtana oladi, balki piksel o‘lchami ham 2,44 mikrometrga kengaytirilgan. Bu esa, yakuniy suratda xiraliklarni yo‘qotish imkonini beradi. 

Shu bilan birga, yangi kamera ilg‘or sun'iy aql - Kirin 990 5G protsessori bilan uzviylikda ajoyib natijaga erisha oladi. Masalan, P40 Pro smartfonida Gold Snap funksiyasi muvaffaqiyatli ishga tushirilgan. Uning vositasida kamera avtomatik ravishda bir nechta kadr oladi va eng yaxshi chiqqanlarini o‘zi tanlaydi, keyinchalik foydalanuvchi yaxshi chiqqan suratlar ichidan o‘ziga yoqqanini tanlaydi.

Bunga qo‘shimcha ravishda — AI Remove Passerby yordamida kadrga kutilmaganda qo‘shilib qolgan begona shaxslarni olib tashlash mumkin. AI Remove Reflection tartibi esa, oynadagi aks tasvirlarni yo‘qotadi. 

Ta'kidlanishicha, P40 Pro kamerasi smartfonda video oluvchilarga ham ma'qul keladi. Chunki, unda 40 megapikselli kengburchakli kinoobektiv, 12 megapiksellik o‘ta sezgir teleobektiv hamda ravshanlik chuqurligini aniqlash uchun 3D-obektiv o‘rnatilgan. 

Bularning barchasi Huawei P40 Pro aqlli telefonini shunchaki yuqori sifatli kameraga ega smartfonga aylantirmaydi, aksincha uni professional foto-videokameralarga tenglashtiradi.

Mavzuga oid
Top