18:36 / 11.04.2020
3475
Gender komissiyasi ishonch telefoni yo‘lga qo‘yildi

Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida ishonch telefoni yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida Kun.uz`ga Gender komissiyasi ma'lum qildi.

Foto: iStock

Karantin davri ko‘plab oilalar uchun jiddiy sinov payti bo‘lmoqda. Shu kunlarda dunyo mamlakatlarida oilaviy nizolar va ajrimlar soni ko‘payishi tendensiyasi kuzatilmoqda.

Bunday vaziyatda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash komissiyasi tomonidan BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YuNFPA), Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi bilan birgalikda joriy yilning 10 aprelidan “Ishonch telefoni” xizmati yo‘lga qo‘yildi.  

Endilikda opa-singillarimiz o‘z qo‘ng‘iroqlariga +99897 137 26 26  telefoni orqali huquqshunosdan, +998 97 137 27 27 telefonidan ruhshunosdan, +99897 137 24 24 telefoni orqali “Ishonch telefoni” operatoridan oilada huquqbuzarlikni oldini olish masalalari bo‘yicha bepul maslahat olishlari mumkin. Ayollar barcha savollariga mutaxassislardan batafsil javob oladilar.

“Ishonch telefoni” xizmati uch oy davomida faoliyat ko‘rsatadi.

Top