15:01 / 11.04.2020
22901
«Hozir qarz olmasak, qachon olamiz?» – Behzod Hoshimov iqtisodiyotni qutqarish haqida

Iqtisodchi Behzod Hoshimov favqulodda holatda qilinadigan birinchi ish– qarz olish bo‘lishi, O‘zbekiston ham hozirda qarz olib, iqtisodiyotni qutqarish kerakligini ta'kidladi.

Arxiv foto: KUN.UZ

AQShning Viskonsin universiteti doktoranti, iqtisodchi Behzod Hoshimov «MFactor» loyihasi mehmoni bo‘lib, koronavirus pandemiyasi va karantin choralarining iqtisodiyotga ta'siri haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Daromad kamaysa, ya'ni soliqlar kamaysa, o‘z navbatida xarajatlar oshsa, bu davlat inqiroziga olib kelmaydimi?

Bu borada yaxshi yangiliklar ham bor. O‘zbekistonning davlat qarzi taxminan 19 milliard dollar. YaIM 55 milliard dollar atrofida bo‘lsa kerak. Qarzning YaIMga nisbati taxminan 33 foiz. Bu juda ham barqaror raqamlar. Ko‘p mamlakatlarda davlatning qarzi YaIMdan ham ko‘proq. Bizning qarz olish imkoniyatlarimiz ko‘p. Bufer bor.

Aslida men hukumat qarz olishining tarafdori bo‘lmaganman. Qarz olishning o‘ziga yarasha cheklovlari, kamchiliklari borligi haqida ko‘p deb yozganman. Lekin hozirgi vaziyat odatiy sharoit emas, fors-major. Favqulodda holatda qilinadigan ishlardan biri – qarz olish. Hozir qarz olmasak, qachon olamiz? Hozir qarz olib, iqtisodiyotni qutqarishimiz kerak. Iqtisodiyotda bir qiziq narsa bor: o‘sish sur'atidan ko‘ra, inqirozda cho‘kmaslik muhimroq.

Iqtisodiy inqirozdan 3-4 yilda chiqib ketolmasak, buning iqtisodiy asoratlari yomonroq bo‘ladi. Qarzga bo‘lsa ham masalani hal qilib, iqtisodiyotni yurgizib olib, keyin tushumni ko‘paytirish va qarzni qanday to‘lash haqida o‘ylasak to‘g‘ri bo‘ladi.

To‘liq suhbatni «MFaktor» loyihasining YouTube'dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top