20:04 / 11.04.2020
22901

JSST cheklovlarning erta bekor qilinishi koronavirusning yangi to‘lqinini paydo qilishi mumkinligidan ogohlantirdi

Yevropada COVID-19 dan eng ko‘p jabrlangan Italiya va Ispaniyada karantin saqlab qolinmoqda, ammo ayrim cheklovlarni olib tashlamoqda.

Foto: Getty Images

Koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan cheklovlarni bekor qilishga shoshmaslik kerak. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning ogohlantirishicha, bu kasallikka chalinishning yangi to‘lqinini va qurbonlar soni o‘sishini keltirib chiqarishi mumkin, deb yozmoqda "Bi-bi-si".

JSST rahbari Tedros Adanom Gebreisus taqiqlar iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko‘rsatishiga qaramasdan ularni bekor qilishga shoshmaslikka chaqirmoqda. U ayrim mamlakatlarda kasallikka chalinganlar soni o‘sishi sekinlashganini tasdiqladi.

Yevropada COVID-19 dan eng ko‘p jabrlangan Italiya va Ispaniyada karantin saqlab qolinmoqda, ammo ayrim cheklovlarni olib tashlamoqda.

Ispaniyada 13 apreldan birinchi darajada muhim bo‘lmagan sohalar vakillari, masalan quruvchilar ishga qaytishi mumkin.  

Italiyada karantin 3 maygacha uzaytirildi, ammo 14 apreldan kichik tadbirkorlar o‘z ishlarini boshlashiga ruxsat berildi. Xususan, kitob va bolalar kiyim do‘konlari faoliyatini boshlashi mumkin. 

Avstriya va Daniya karantin cheklovlarini yumshatmoqchi ekanligi xabar qilingandi.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top