11:51 / 11.04.2020
37480
Kasallikka chalinganlar holidan xabar olish mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov navbatdagi brifingda to‘planib qolgan savollarga javob berdi.

Foto: KUN.UZ

Mening yaqin qarindoshim koronavirusga chalingan. Hozir davolanish maskanida. Qarindoshimning salomatligini yo bo‘lmasa qay ahvolda ekanligini bilish maqsadida u bilan masofa saqlagan holda yoki qandaydir maxsus "uchrashuv xona"sida uchrashishimiz mumkinmi? Uning ahvoli bizni xavotirga qo‘ymoqda.

Koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar haqida ma'lumot olish mumkin, buning hech qanday qiyinchiligi yo‘q. Bu kasallikka chalingan shaxslar davolanayotgan muassasaning telefon raqamini “Ma'lumotlar byurosi”dan olish mumkin. Aksariyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarida bemorlarning mobil telefonlari o‘zlarida qolgan.

Bevosita uchrashuvlar taqiqlanishidan maqsad tushunarli – bemordan va sog‘lom odamga kasallik yuqishining oldini olish.

Nega karantin muddatini tugatganlarni yana karantinga qayta olib ketishmoqda. Birinchi karantinda kasallik yuqdi, degan izoh berishyapti. Unda ikkinchi savol tug‘iladi – sog‘lom odamlarning kasallikka chalinishiga kim yo‘l qo‘ydi? Karantin davrida bo‘lsa ham kimning xatosi bu?

Karantin 14 kun davom etadi. Agar karantin davomida bemor aniqlansa, karantin muddati oxirgi holat qayd etilmagan holda yana 14 kunga cho‘ziladi. Agar karantin davrida kimdir kasallikka chalinsa, birinchi sababni o‘zidan qidirishi kerak. Demak bu shaxs karantin qoidalariga qat'iy rioya qilmagan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top