06:41 / 11.04.2020
26547
Olimlar koronavirusning yo‘taldan keyin qanday tarqalishini namoyish qilishdi

Finlandiyaning Aalto universiteti bir guruh olimlari yo‘talishdan keyin koronavirusning tarqalishi aks etgan videoni namoyish qilishdi.

Fox News telekanalining xabar qilishicha, mualliflar aerozol bulutining 3 hadli modelini taqdim etishgan. Buning uchun stellajlar bilan ajratilgan supermarket binosi tanlangan. 

«Yo‘talish natijasida aerozol buluti yo‘lakdagi havo uzra harakatlanadi. Bulut bir necha daqiqa mobaynida tarqalishi va havoda muallaq suzib yurishi mumkin», - deya aniqlik kiritishmoqda mutaxassislar.

Olimlar o‘lchami 20 mikrometrdan kichik bo‘lgan zarralar harakatini namoyish qilar ekan, quruq yo‘talishda bu zarralar o‘lchami odatda 15 mikrometr bo‘lishini ta'kidlashdi. 

Ekspertlarga ko‘ra, bunday holatda zarralar polga tushmaydi, balki havo oqimida harakatlanishda davom yoki bir joyda qoladi. 

Tadqiqotchilarning qo‘shimcha qilishicha, odamlar to‘la jamoat joylaridan qochish kerakligi va shu bilan infeksiya tarqalishi xatarini kamaytirish muhimdir. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top