23:43 / 11.04.2020
76723
O‘zbekistonda yana 38 kishida koronavirus aniqlandi va jami holatlar soni 767 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 38taga oshdi.

«11 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 767 nafarni tashkil qilmoqda», – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Shu tariqa, 11 aprel kuni bemorlar soni 98 nafarga oshdi. Bu – ilk holat qayd etilgan 15 martdan keyingi davrdagi ikkinchi eng ko‘p kunlik kasallanish ko‘rsatkichi. Bugungidan ko‘p bemor faqat 6 aprelda qayd etilgan edi – 115 kishi.

Bugun, shuningdek, mamlakatda koronavirusdan to‘rtinchi o‘lim holati yuz berdi – Farg‘onaning Yozyovon tumanidan bo‘lgan 59 yoshli ayol vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, tuzalganlar soni 42 kishini tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top