08:30 / 11.04.2020
7779

Pandemiya global oziq-ovqat inqiroziga aylanmasligi uchun keskin choralar ko‘rilishi kerak

Koronavirus pandemiyasi hukumatlarni o‘z chegaralarini yopishga majbur qildi. Buning oqibatida dunyo bo‘ylab tadbirkorlik faoliyatiga ham putur yetdi. Bu esa, o‘z navbatida, ta'minot zanjiri buzilishiga hamda oziq-ovqat xavfsizligiga rahna solishi mumkin. 

Foto: RIA Novosti / Maksim Bogodvid

“Supermarketlar peshtaxtalari hozircha, to‘la turibdi. Biroq, tez orada, oziq-ovqat yetkazib berishdagi zanjir uzilishi, ya'ni fermerlar, agroxo‘jaliklar, qayta ishlovchi korxonalar, logistika, chakana sotuvchilar va shu kabilar o‘rtasidagi hamkorlik izdan chiqishiga olib kelishi mumkin”, - deyiladi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining hisobotida

Hozircha, buning bosh sababi oziq-ovqat tanqisligi emas, balki virusga qarshi kurash maqsadida jahon miqyosida ko‘rilayotgan choralardir. Chegaralarning yopilishi, harakatlar cheklanishi, yetkazib berish va aviatsiya sanoatida uzilishlar oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonini hamda ularni xalqaro ko‘lamda tashishni qiyinlashtirdi. Bu bilan kam oziq-ovqat muqobiliga ega mamlakatlarni katta xavf ostiga qo‘ymoqda. 

“Aviakompaniyalar minglab samolyotlarining parvozini to‘xtatdi, dengiz portlari ham yopildi. Shu bilan oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa mahsulotlar solingan konteynerlar to‘planib qoldi, deyiladi hisobotda. Jahon oziq-ovqat ta'minotida vujudga kelgan beqarorlik kambag‘al va qashshoq aholiga ko‘proq zarar yetkazadi”, - deya ogohlantirmoqda BMTning Jahon Oziq-ovqat Xavfsizligi qo‘mitasi. 

Shu munosabat bilan hatto xususiy shirkatlar, kompaniyalar va tashkilotlar ham oziq-ovqat fojiasining oldini olish uchun zudlik bilan harakat qilishga chaqirildi. 

“Hukumatlar, tadbirkorlik sub'yektlari, fuqarolik jamiyatlari va halqaro agentliklar COVID-19 pandemiyasining global oziq-ovqat va insorparvarlik inqiroziga aylanib ketmasligi uchun favqulodda muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rishi kerak”, - deyiladi olimlar, siyosatchilar hamda Nestle va Unilever kabi kompaniyalar vakillarining jahon hukumatlariga yo‘llagan ochiq xatida. 

Top