01:01 / 12.04.2020
47907
AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

Koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha ham AQSh yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda 514 mingdan ortiq kishida ushbu kasallik aniqlangan.

Foto: Reuters

AQSh koronavirus infeksiyasidan o‘limlar darajasi bo‘yicha Italiyani ortda qoldirdi va dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda pandemiya  to‘g‘risida real vaqt rejimida statistik ma'lumotlar beruvchi Jons Hopkins universiteti ma'lumotlari darak bermoqda.

11 aprel soat 23.30 holatiga ko‘ra, AQShda 19 882 kishi, Italiyada esa 19468 kishi vafot etgan.

Avvalroq AQShda pandemiya boshlanganidan buyon eng yuqori o‘lim darajasi qayd etilgandi - bir sutkada 2 mingdan ortiq kishi. Eng ko‘p o‘lim holatlari Nyu-York, Michigan, Illinoys va Nyu-Jyersi shtatlarida yuz bergan.

Koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha ham AQSh yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda 514 mingdan ortiq kishida ushbu kasallik aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Ispaniya (161 mingdan ortiq.), uchinchi o‘rinda esa Italiya (152 mingdan ortiq) turibdi.

Kecha birgina Nyu-York shtatidagi koronavirusga chalinganlar soni Ispaniyadagidan ham oshib ketgani xabar qilingandi.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top