19:59 / 12.04.2020
25307
Eron koronavirusning harbiy biologlar tomonidan yaratilgani haqidagi taxminni tekshirmoqda

11 aprel holatiga ko‘ra, Eronda koronavirus yuqtirganlar soni 70 mingdan oshgan, 4357 kishi vafot etgan.

Foto: EPA/Vostock-photo

Eron COVID-19 koronavirusi paydo bo‘lishi jihatidan biologik urush vositasi bo‘lishi mumkinligi ehtimolini tekshirmoqda. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Hasan Aragxizoda ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning boshqa mamlakatlari kabi Eron ilmiy markazlari ham bu muammo bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda.

11 aprel holatiga ko‘ra, Eronda koronavirus yuqtirganlar soni 70 mingdan oshgan, 4357 kishi vafot etgan.

Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy Eron nafaqat koronavirusga qarshi, balki sanksiyalarga ham qarshi kurashishiga to‘g‘ri kelayotganini, ammo Yevropa mamlakatlariga nisbatan virusni yaxshiroq to‘xtatishga erishayotganini ta'kidladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top