16:00 / 12.04.2020
83912
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 800dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 37 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 12 aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 833 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma'lumotiga ko‘ra, jami bemorlarning 29 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda, 12 bemorning ahvoli og‘ir.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni tasdiqlangandi. Aprel oyida virus bemorlari soni jiddiy o‘sa boshladi. Shu vaqtgcha kunlik o‘sishning eng yuqori ko‘rsatkichi 6 aprelda qayd etilgandi - 115 holat. 11 aprel kuni ham 98 kishida virus aniqlangandi.

12 aprel kuni hozircha bemorlar soni 66 nafarga oshdi.

Shu vaqtgacha bemorlarning 42 nafari sog‘aygan, 4 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top