23:10 / 12.04.2020
53111
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 865taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 32 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida ma'lum qildi.

«2020 yil 12 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 865 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

12 aprel kuni bemorlar soni 98 nafarga oshdi. 11 aprelda ham xuddi shunday ko‘rsatkich qayd etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar 66 kishiga yetgan, shundan 24 nafari 12 aprel kuni Toshkent, Buxoro va Xorazmdagi shifoxonalarda to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazildi. Qurbonlar soni to‘rt nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top