17:56 / 12.04.2020
59762
O‘zbekistonda koronavirusga chalinib tuzalgan bemorlar soni 61 nafarga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan davolanayotgan bemorlardan yana 19 nafari tuzalgani haqida ma'lum qildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘ayganlar Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas'ullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.

Endilikda O‘zbekistonda koronavirusga chalinib sog‘ayganlar soni 61 nafarga yetdi.

«Bu kabi samarali natijalarga erishishda, avval xabar qilganimizdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, shuningdek, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya kabi qator davlatlarning nufuzli mutaxassislari tavsiyalaridan foydalanilayotgani, bundan tashqari, yurtimizning pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog kabi yetuk mutaxassislari bilan telemuloqot o‘rnatilib, zarur tavsiyalarni olishayotgani, ular bir jamoa bo‘lib faoliyat ko‘rsatishayotgani muhim omil bo‘lmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni paytda O‘zbekistonda 768 kishi koronavirusdan davolanmoqda. 4 kishi vafot etgan, 61 bemor to‘liq tuzalib, reabilitatsiyaga o‘tkazilgan.

12 aprel kuni 66ta yangi holat aniqlanib, jami zararlanish holatlari 833taga yetdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top