21:33 / 12.04.2020
6505
Tramp Nyu-York shtati kasalxonalarida bemorlar soni kamayganini ma'lum qildi

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Nyu-York shtatida koronavirusga chalinganlar soni 180 mingdan ortiq bo‘lib, 9 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq og‘ir vaziyat yuzaga kelgan Nyu-York shtatidagi kasalxonalarda bemorlar soni kamaymoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi.

"Kasalxonalarda bo‘sh koykalar borgan sari ko‘payayotganligi yaxshi belgi hisoblanadi. Biz Nyu-Yorkdagi kasalxonalarga Comfort suzuvchi hospitali va Javits markazidan 418 nafar shifokor, hamshira va respirator terapevtlarini yubordik. Bizda keragidan ortiq koykalar mavjud. Yaxshi!" – deb yozdi Tramp Twitter akkauntida.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Nyu-York shtatida koronavirusga chalinganlar soni 180 mingdan ortiq bo‘lib, 9 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Butun AQSh bo‘yicha esa bemorlar soni 527 mingdan oshib ketgan, 20,6 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan. Mamlakat ushbu ko‘rsatkichlar bilan dunyoda yetakchi bo‘lib turibdi.

Top