18:54 / 12.04.2020
10578
Ukrainalik shifokor Zelenskiy koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib vaksina ixtiro qilganga 1 mln dollar bermoqchiligini aytdi

Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 2,7 mingdan ortiq, ulardan 83 nafari vafot etgan, 89 kishi sog‘aygan.

Foto: EPA / STR / POOL / TASS

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib vaksina yaratgan ukrainalik olimga 1 mln dollar berishni va'da qildi. Bu haqda mamlakatning bosh sanitar shifokori Viktor Lyashko ma'lum qildi.

«Sizga bir sirni ochaman. Prezident mendan akademiklarimizga xat yozishimni so‘radi va kimki vaksina yoki dori ixtiro qilsa kamida million dollar berishni va'da qildi», — dedi Lyashko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Ukrainada haftasiga 30 mingta test o‘tkazilmoqda, yaqin kunlarda bu raqamni 80 mingtagacha yetkazish rejalashtirilgan.

Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 2,7 mingdan ortiq, ulardan 83 nafari vafot etgan, 89 kishi sog‘aygan.

Hozircha dunyoda koronavirusga qarshi dori topilmadi: qator mamlakatlarda tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.  

Top