16:01 / 12.04.2020
7189
Uydaqoling.uz elektron xizmatlar portali ishga tushdi

UZINFOCOM yagona integratori IT-Park bilan birgalikda karantin vaqtida uydaqoling.uz elektron xizmatlari portalini ishga tushirdi.

Portalda karantin paytida hayot uchun muhim 221ta xizmat jamlangan.

Misol uchun, Uydaqoling.uz sayti orqali onlayn tarzda nonushta, tushlik, kechki ovqatlarga buyurtmalar berish yoki mahsulotlarni buyurtma qilish, tibbiy maslahatlar, masofaviy ta'lim olish mumkin.

Bu yerda eng muhim onlayn xizmatlar bitta platforma ostiga birlashtirilgan. Uning qulayligi ham shunda. Masalan, siz uydan turib onlayn ish qidirishingiz, soliq, kommunal to‘lovlarini amalga oshirishingiz, onlayn kitob o‘qish, ta'lim olishingiz mumkin.

Taqdim etilayotgan internet-xizmatlari kengaytirib borilmoqda. Bundan tashqari, har bir kishi mustaqil ravishda yangi xizmatlarni qo‘shish uchun maxsus anketa orqali katalogga taklif berishi mumkin.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top