19:03 / 13.04.2020
23079
Agrobank «Yordam uchun o‘tkazma!» xayriya aksiyasini e'lon qildi
Foto: Agrobank

Hozirda mamlakatimiz va xalqaro hamjamiyat tomonidan xavfli virusga qarshi qat'iy kurash olib borilmoqda. Pandemiya oqibatlari nafaqat rivojlanayotgan bizning davlatimiz, balki dunyoning eng yirik davlatlari uchun ham haqiqiy sinovga aylanmoqda.

Shunday qiyin sinovli pallalarda vatandoshlarimizning fidoyilik, bag‘rikenglik, g‘amxo‘rlik kabi oliy va yuksak insoniy fazilatlari bizga ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydi. Pandemiyaga qarshi kurashda shifokorlarimiz, huquq-tartibot idoralari xodimlari, o‘qituvchilar, tadbirkorlar va albatta barcha soha vakillari o‘zlarini mas'ul bilib, jonbozlik ko‘rsatayotganligi, o‘tkazilayotgan xayriya tadbirlarida faol ishtiroki xalqimizni yanada jipslashtirmoqda.

Agrobank tomonidan hozirgi karantin davrida nafaqat aholi va mijozlarga qarz mablag‘lari to‘lovlarini kechiktirish, sifatli masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish, balki xayriya aksiyalarini o‘tkazish orqali ham faol ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xayrli ishlar estafetasini davom ettirib, Agrobank yana bir xayriya aksiyasini o‘tkazishga qaror qildi. Ushbu tadbirda mamlakatimizning barcha aholisi qatnashishi mumkin.

Joriy yilning 13 apreldan boshlab karantin rasman tugagunga qadar «Yordam uchun o‘tkazma!» aksiyasi davom ettiriladi. Bunda «Agrobank Mobile» ilovasi orqali kartadan kartaga pul o‘tkazmalaridan olingan bankning barcha daromadlari koronavirusga qarshi kurashish uchun tashkil etilgan «O‘zbekiston mehr-shavqat va salomatlik» jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Ta'kidlash kerakki, xayriya aksiyasida ishtirok etuvchi har bir fuqaro koronavirusga qarshi kurashda to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin. Buning uchun shunchaki «Agrobank Mobile» ilovasini yuklab olib, O‘zbekistondagi istalgan bankning plastik kartasini qo‘shish va kartadan kartaga pul o‘tkazish ehtiyoji paydo bo‘lganda ushbu ilova orqali amalga oshirish kerak bo‘ladi.

Siz ham ushbu aksiyada faol ishtirok eting. Birgalikda bir maqsad yo‘lida birlashaylik va sinovli kunlarni mardonavor yengaylik!

Ilovani quyidagi havola orqali ko‘chirib olishingiz mumkin:

Android | iOS 

Sayt: www.agrobank.uz

Telegram: t.me/AgrobankChannel

Instagram: @Agrobank_uz

Facebook: fb.com/AgrobankUzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top