15:40 / 13.04.2020
71036

Bemorlarning 56 nafari shifokorlar. Andijon viloyatidagi vaziyat haqida ma'lumot berildi

13 aprel holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar soni 97 nafarni tashkil qilmoqda va ularning 78 nafari tibbiyot xodimlari, shundan 56 nafari shifokorlardir.

Foto: KUN.UZ

Kun.uz muxbiri Andijon viloyatida koronavirus pandemiyasi tarqalishi, infeksiya aniqlanganlar va muassasalar va uy karantiniga olingan fuqarolar soni bo‘yicha viloyat shtabi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidan ma'lumot oldi.

Ayni vaqtgacha viloyatda 97 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, ularning barchasi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

 Kun.uz manbasi aniqlik kiritishicha, infeksiya yuqtirganlarning 78 nafari tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi kishilardir. Shundan 56 nafari shifokorlar.

Ayni vaqtda viloyatda karantinga olinganlar soni 12 mingdan oshiq:

- Chet eldan kelganlar 628 nafar;

- karantindagi tashkilotlarda 1917 nafar;

- uy karantinida 1702ta xonadonda 10 238 nafar.

Viloyatda 13 aprelga qadar 12 ming 85ta virusologik tahlillar amalga oshirilgan.

Har bir karantin obektiga alohida oshpaz, bir martalik foydalanadigan idish-tovoqlar yetkazib berilgan va 50 mingta bir martalik idishlar zaxira qilingan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top