11:06 / 13.04.2020
24008
Dollarning rasmiy kursi 9700 so‘mga yaqinlashdi

Markaziy bank 14 apreldan valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 103,26 so‘mga oshib, bir dollar 9693,36 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 234,71 so‘mga ko‘tarilib, 10 599,69 so‘mga yetdi.

Rubl kursi ham 7,03 so‘mga oshgan va 1 rubl 131,43 so‘mga teng bo‘lgan.

Top