23:06 / 13.04.2020
78012
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 998taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 64 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 13 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 998 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq ilk holat 15 mart kuni qayd etilgandi. Bugun kunlik zararlanish holatlari bo‘yicha rekord natija qayd etildi - 133 holat.

Shu vaqtgacha 85 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top