23:58 / 13.04.2020
29633
Samarqandda karantindan qochishga uringan fuqaro ushlandi

Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni buyrug‘iga muvofiq, karantindan qochishga uringan fuqaroni ushlab qolgan harbiy xizmatchiga III darajadagi serjant unvoni hamda qimmatbaho sovg‘a topshirildi. Bu haqda harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov xabar qildi.

Samarqand viloyati Salomatlikni tiklash shifoxonasida 7 aprel kuni 129 nafar fuqaro karantinga olinib, patrullik qo‘riqloviga okrug bo‘linmasi jalb qilingan edi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

11 aprel kuni soat 20.30 da Samarqand shahri Cho‘ponota mahallasida yashovchi, chet eldan kelgan va karantinga olingan J.K. shifoxonaning orqa tomonidan qochishga uringan. Taqiqlangan hududni kesib o‘tgan tartibbuzar belgilangan yo‘nalishda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi Shamsiddin Jo‘rayev tomonidan to‘xtatilgan.

Fuqaro harbiy xizmatchiga uyiga borib-kelishi, qaytib kelgandan so‘ng uni rozi qilishini aytib, pora taklif qilgan. Natija bo‘lmagach, harakatni davom ettirib, devordan oshmoqchi bo‘lgan. Soqchi tartibbuzarni yana bir qat'iy ogohlantirib, qo‘lga olish chorasini qo‘llagan. Aloqa vositasi orqali berilgan xabarga ko‘ra, qisqa vaqt ichida tezkor bo‘linma yetib kelgan.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Bundan tashqari, 12 aprel kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi karantinga olingan “Marjonsuv” respublika sanatoriyasiga M.N. kirishga uringan. 

Ushbu fuqarolarga yana bir bor karantin qoidalari tushuntirilib, ma'muriy bayonnoma tuzildi.

Karantindagi fuqarolar xavfsizligini ta'minlashda mas'uliyatni to‘la his qilgan harbiylar xizmat joyining o‘zida taqdirlandi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top