22:31 / 13.04.2020
12550
Sirdaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i Samarqand viloyatiga shu lavozimga o‘tkazildi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida bir qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati Kun.uz ga ma'lum qilmoqda.

Farhod Shayzoqov

Jumladan, Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Shayzoqov Farhod Xolbekovich tayinlandi. Tayinlovga qadar F.Shayzoqov Sirdaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Shuningdek, polkovnik Davirov Ravshan Eshquvvatovich Past Darg‘om tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;

Ravshan Davirov

podpolkovnik Jalilov Otabek Abdusamatovich Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Otabek Jalilov

 

Top