02:06 / 13.04.2020
34736
Tramp Putin va qirol Salmonga rahmat aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Saudiya qiroli Salmon Ol Saudga minnatdorchilik bildirdi.

Foto: AFP

Bu haqda prezident tvitterdagi sahifasida yozdi.

«OPeK+ tomonidan katta neft kelishuvi amalga oshirildi. Bu yuz minglab energetika sohasida faoliyat yuritayotgan amerikaliklarga ishlarini saqlab qolish imkonini berdi. Bu borada Rossiya prezidenti janob Putin va Saudiya Arabistoni qiroli janob Salmonga minnatdorchilik bildiraman. Hozirgina Oval kabinetda ular bilan gaplashdim. Bu hamma uchun yaxshi kelishuv bo‘ldi», deb yozdi Tramp.

9 aprel kuni OPeK+ davlatlari 10 soat davomida neft qazib olish hajmini kamaytirish bo‘yicha muzokara olib borgan, ammo yakuniy to‘xtamga kelishmagandi. VVS`ga ko‘ra, bugun davom ettirilgan videomuloqot formatidagi muzokaralarda OPeK+ davlatlari kunlik neft qazib olish hajmini 9,7 million barrelga qisqartirishga kelishgan. Ba'zi manbalar OPeK+ davlatlari kunlik neft qazish hajmini 12,5 million barrelgacha qisqartirish bo‘yicha kelishganini yozmoqda.

Kreml rasmiy saytida ham Vladimir Putinning AQSh prezidenti bilan telefonda suhbatlashgani tasdiqlangan. Shuningdek, Putin Saudiya qiroli bilan gaplashgani ham xabar qilingan.

Top