17:41 / 13.04.2020
19456
Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini paydo bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi

Shanxaylik mutaxassis kasallikni to‘liq yengib bo‘lmasligini, sovuq tushishi bilan vaziyat yana yomonlashishi mumkinligini taxmin qildi.

Foto: Lintao Zhang / Getty Images

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikkinchi to‘lqini noyabrda yuz beradi. Shanxaydagi zotiljamni davolash bo‘yicha ekspertlar guruhi rahbari Chjan Venxun ana shunday fikr bildirdi, deb xabar berdi Sina nashri.

Mutaxassis o‘z fikrini COVID-19 past haroratga moslashgani, shu bois qishda tezroq tarqalishi ehtimoli mavjudligi bilan izohladi.

Shu bilan birga, Chjan Venxun keyingi to‘lqin hozirgichalik bo‘lmasligiga ishonch bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muammo Afrika va Janubiy Amerika sog‘liqni saqlash tizimida  paydo bo‘lishi mumkin. 

Mart oxirlarida u People’s Daily nashriga bergan intervyusida koronavirusning global miqyosda tarqalishi iyunga yaqin to‘xtashini taxmin qilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top