15:50 / 13.04.2020
14676

Xitoyda sutka davomida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 108ta holat qayd etildi

Mamlakatda koronavirusdan jami 3341 kishi vafot etgan, kasallikka chalinganlar soni 82 mingdan oshdi.

Foto: epa/vostock-photo

Xitoyda o‘tgan sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 108ta yangi holat qayd etildi, 98ta xorijdan kelganlarda va 10ta mamlakat ichida. Bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

Sutka davomida koronavirus oqibatida ikki kishi vafot etgan – ikkala o‘lim holati ham infeksiya tarqalish epimarkazi hisoblangan Xubey  provinsiyasida qayd etilgan.

Mamlakatda koronavirusdan jami 3341 kishi vafot etgan, kasallikka chalinganlar soni 82 mingdan oshdi.

Qayd etilishicha, 77 mingdan ortiq kishi sog‘ayib, kasalxonalarni tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi o‘chog‘i bo‘lgan Uhan shahrida ommaviy karantin tartibi 7 aprelda bekor qilindi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top