17:17 / 14.04.2020
24773

5 kishi jarohatlangan – SSV tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokidagi YTH haqida ma'lumot berdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

“Joriy yil 14 aprel kuni soat 12:38 Olmazor tumani Chig‘atoy Darvoza chorrahasida chaqiruv bo‘yicha ketayotgan “Ford” rusumli tez tibbiy yordam mashinasi hamda “Epica” rusumidagi avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Natijada 5 kishi jarohatlangan.

Ular zudlik bilan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, belgilangan tartibda tez tibbiy yordam ko‘rsatilgach, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.
Jarohatlanganlardan biri ko‘chma brigada shifokori, 32 yoshli U.U.ning ahvoli qoniqarli bo‘lganligi sababli uyiga javob berilgan. Tezkor brigada feldsheri, 20 yoshli O.O., tez yordam avtomashinasi haydovchisi, 55 yoshli I.G. hamda “Epica” rusumdagi avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi 46 yoshli N.S. va 20 yoshli M.A.lar esa markazning neyrojarrohlik bo‘limiga yotqizilgan. 

Ayni paytda ularning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hozir yo‘l-transport hodisasi yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda” – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rasmiy kanalida.

Mavzuga oid
Top