15:23 / 14.04.2020
11033

AQSh hukumati cheklovlarni 1 maydan bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Jons Hopkins universitetining ma'lumotiga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 580 mingdan oshgan, 23 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Foto: REUTERS

AQSh ma'muriyati koronavirus tarqalishi sababli mamlakatda joriy etilgan sanitar cheklovlarni 1 maydan bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu ma'lumotni AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin tasdiqladi.

U 1 mayda cheklovlar bekor qilinishi to‘g‘risidagi savolga javob qaytararkan, bu imkoniyat prezident Donald Tramp tomonidan o‘rganilayotganini aytdi. 

O‘z navbatida, Tramp "hammasi xavfsiz bo‘lishi kerak"ligini ta'kidladi. Mnuchin AQSh hukumati birinchi navbatda shifokorlar fikriga tayanishini aytdi.

Tramp shuningdek, AQSh ijrochi hokimiyati ushbu rejaga tayyorgarlikni nihoyasiga yetkazayotganini ma'lum qildi.

"Biz mamlakatni ochish rejasiga tayyorgarlikni yakunlashga juda yaqin turibmiz. Hattoki jadvalda belgilanganidan ham avvalroq yakunlashga umid qilamiz", - dedi AQSh ma'muriyati rahbari.

Tramp 29 mart kuni sanitar cheklovlarni 30 aprelga qadar uzaytirishga qaror qilgandi. AQSh hududida birinchi zarurat mahsulotlari do‘konlari va dorixonalargina ishlamoqda.  

Jons Hopkins universitetining ma'lumotiga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 580 mingdan oshgan, 23 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top