08:34 / 14.04.2020
19104

IIVda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi 

Ichki ishlar vazirligi tizimida uchta yangi lavozim tayinlovi ro‘y berdi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Farhod  To‘ychiyev

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, podpolkovnik Farhod Yo‘lchiyevich To‘ychiyev Jizzax viloyati Zomin tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.To‘ychiyev Jizzax viloyati Zomin tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Xayriddin Azizov

Mayor Xayriddin Sirojiddinovich Azizov Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar X.Azizov Toshkent viloyati Toshkent tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Ravshan Sultonxo‘jayev

Podpolkovnik Ravshan Erkinovich  Sultonxo‘jayev Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar R.Sultonxo‘jayev IIV Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Bundan oldin, Sirdaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i Samarqand viloyatiga shu lavozimga o‘tkazilgani xabar berilgandi. 

Top