16:30 / 14.04.2020
27220
Oltin narxi keyingi yetti yil davomidagi eng yuqori narxga ko‘tarildi

Comex birjasida bu yil oltin narxi 16 foizga o‘sdi va 2011 yilgi 1923,7 dollarlik narxdan 10 foizga past bo‘lib turibdi.  

Foto: Fortune

14 aprel kuni oltin narxi keyingi yetti yil davomidagi eng yuqori narxga ko‘tarildi. Comex birjasida uning narxi 0,5 foizga o‘sib, bir unsiyasi 1768,9 dollarni tashkil etdi.

Savdo sessiyasi davomida uning bir unsiyasi narxi 1785 dollarga yetdi.

Oltin narxi karantin choralari sababli jahonda iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi, fond indekslarining qulashi va neft narxining pasayishi ortidan paydo bo‘lgan xavotirlar  natijasida oshdi.  

Oltinga bo‘lgan talab inflatsiya xavotiri sababli ham yuqori bo‘lib qolmoqda.

Comex birjasida bu yil oltin narxi 16 foizga o‘sdi va 2011 yilgi 1923,7 dollarlik narxdan 10 foizga past bo‘lib turibdi.  

Top