00:11 / 14.04.2020
13466
O‘zbek tarjimoni Hindistonning xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi

Amir Fayzullo hind adabiyoti, madaniyati, kinofilmlarini o‘zbek muxlislariga mohirona yetkazib bergan ko‘p yillik ijodkor sifatida tanilgan. 

Uzoq yillardan buyon faoliyat olib borayotgan tarjimon, hindshunos va ijodkor Amir Fayzullo 2020 yil 10 aprel sanasida Hindistonning “Dr. Jorj Grirson” xalqaro mukofotiga sazovor deb e'lon qilindi. 

Amir Fayzullo hind adabiyoti, madaniyati, kinofilmlarini o‘zbek muxlislariga mohirona yetkazib bergan ko‘p yillik ijodkor sifatida tanilgan. 

Mazkur mukofotga dunyo bo‘yicha ikki insonga berildi va ulardan biri hindshunos tarjimon Amir Fayzullodir. 

Ijodkor hind tili va adabiyotining dunyo bo‘ylab targ‘iboti va tashviqotiga qo‘shgan hissalari uchun bu mukofotga loyiq topildi.

Top