20:48 / 14.04.2020
8450

O‘zbekiston Vengriyaga 500 ming dona himoya niqobi jo‘natdi

O‘zbekiston Vengriyaga 500 ming dona himoya niqobi jo‘natdi, deb ma'lum qildi Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto.

"O‘zbekiston Vengriyaga 500 ming dona himoya niqobi jo‘natmoqda, niqoblar ortilgan yuk samolyoti seshanba kuni kechqurun yetib keladi", - dedi Siyyarto.

Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, niqoblar Boku shahriga yetkaziladi, niqoblarni olib kelish uchun Budapeshtdan Bokuga samolyot uchib ketgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston 28 mart kuni Vengriyaga 150 ming dona tibbiy niqob jo‘natgan. Niqoblar mamlakatdagi tibbiyot muassasalariga tarqatilgan.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Belarus, Xitoy, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistonga ham insonparvarlik yordami yuborilgan edi.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top