12:40 / 14.04.2020
5696

#sportchallenge'da navbatdagi g‘oliblar: bu safar poytaxtliklar faol

#uydaqol! #hayotgaqo‘shil! #sportchallenge chellenjiga 10-14 aprel kunlari oralig‘ida ikki mingga yaqin videomateriallar kelib tushdi.

Chellenj g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash bo‘yicha Hakamlar hay'ati xulosasiga ko‘ra, bu safar quyidagi videoroliklar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin: Toshkent shahar Xadra mavzesida istiqomat qiluvchi Saidovlar xonadoni a'zolari tomonidan yuborilgan videorolik. Rolikda ishtirok etgan Ubayda va Ruxsoraxon – Toshkent shahar suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari, Komronbek esa bog‘cha tarbiyalanuvchisi.

2-o‘rin: Navoiy viloyati, Karmana tumani Islom Karimov ko‘chasi 34-uyda istiqomat qiluvchi Xolmurodovlar oilasi.

3-o‘ringa bu safar ham biryo‘la ikkita videorolik sazovor bo‘ldi. Bular – Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Chimrobod-3, 69-a uyda istiqomat qiluvchi Faxriddinovlar oilasi hamda figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston o‘smir qizlar terma jamoasi. Jamoa a'zolari:

  • Saliyeva Laziza – sport ustaligiga nomzod;
  • Svobodina Darya – sport ustaligiga nomzod;
  • Mezenseva Alena – sport ustaligiga nomzod;
  • Sulaymonova Amaliya – 1-toifali sportchi;
  • Ularning treneri – Ellita Ivanovna Avanesyan.

Chellenjda 1-o‘rinni egallaganlar yugurish yo‘lakchasi, 2-o‘rin sohiblari velo trenajyor hamda 3-o‘rinni qo‘lga kiritganlar esa chang‘i trenajyori bilan taqdirlanishadi.

Aziz yurtdoshlar, chellenjimiz davom etmoqda. Unda siz ham faol ishtirok eting hamda sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Chellenj shartlari haqida ushbu sahifa orqali batafsil ma'lumot olish mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Top