12:20 / 14.04.2020
4143

Viloyatlarda kichik muz saroylarini barpo etish taklif qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda kichik muz saroylarini barpo etish taklifi berildi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda kichik muz saroylarini barpo etish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston yozgi sport turlari bo‘yicha ko‘zga ko‘rinarli yutuqlarga erishgan. 

“Lekin qishki sport turlari bilan maqtana olmaymiz. Menimcha, buning asosiy sababi bunday sport turlari bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlarning yetarli emasligidir. 

Toshkent shahrida “Humo” muz saroyi qurildi. Bu bilan qishki sport turlarida ancha oldinga siljish kuzatildi. Lekin viloyatlarda bunday imkoniyat yo‘q. Viloyatlarda kichikroq muz saroylari bo‘lsa, qishki sport turlariga qiziqish yanada ortar edi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda kichik muz saroylarini barpo etish taklif qilingan.

Top