00:51 / 15.04.2020
5317
AQShning bosh infeksionisti mamlakat sanitariya cheklovlarini bekor qilishga tayyor emas deb hisoblamoqda

Avvalroq AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin ma'muriyat koronavirus tarqalishi sababli mamlakatda joriy etilgan sanitariya cheklovlarini 1 maydan bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganligini ma'lum qilgandi.  

Entoni Fauchi Foto: Reuters

Qo‘shma Shtatlar COVID-19 yuqish holatlarini nazorat etish borasida hozircha yetarli imkoniyatlarga ega emas, shu bois pandemiya sababli kiritilgan sanitariya cheklovlarini bekor qilishga hali erta. Bu haqda AQSh allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi Associated Press agentligiga bergan intervyusida aytdi.

"Bizga to‘laligicha suyanish mumkin bo‘lgan samaraliroq narsaga ega bo‘lish talab qilinadi. Ammo bunga hali erishmadik", - AQShning bosh infeksionisti.

U AQSh ma'muriyatining may oyi boshida butun mamlakatda yoki bir nechta shtatda sanitariya cheklovlarini bekor qilish umidini "judayam optimistik" dedi. 

"Ortga qadam tashlashimiz bilan infeksiya yana tarqalishni boshlashiga kafolat beraman", - dedi Fauchi.

Oq uy milliy iqtisodiy kengashining rahbari Lourens Kadlou Fox Business telekanaliga bergan intervyusida AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin ikki kun ichida mamlakatda koronavirus pandemiyasi natijasida to‘xtab qolgan korxonalarning faoliyati qayta tiklanishi borasida muhim bayonot bilan chiqishini aytdi.

"Bir necha kun ichida prezident bu borada muhim bayonot bilan chiqadi. Biz xalq, o‘rta sinf, oilalar, kichik korxonalar xavfsizlikni ta'minlash sharoitida imkon boricha tezroq ishga qaytishini istaymiz", - dedi Kadlou. 

Avvalroq AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin ma'muriyat koronavirus tarqalishi sababli mamlakatda joriy etilgan sanitariya cheklovlarini 1 maydan bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganligini ma'lum qilgandi.

Jons Hopkins universitetining ma'lumotiga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 584 mingdan oshgan, 24 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Top