12:23 / 15.04.2020
27160
DXX uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi

Samarqand va Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahridan bo‘lgan fuqarolardan iborat guruh a'zolari o‘zlari bilan gazli va pnevmatik to‘pponchalar, pichoqlar, kastetlar, beysbol va teleskop tayoqchalari olib yurishgan

DXX xodimlarining Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari natijasida poytaxtda dorixonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yib, «Regapen», «Tropikamid», «Andante», «Selofen» kabi kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida guruh a'zolaridan 140 mln. so‘mlik 4211 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari va taxminiy bahosi qariyb 1 mlrd. so‘m bo‘lgan 17 nomdagi 50 mingdan ortiq sifatsiz dori preparatlari musodara qilindi.

Samarqand va Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahridan bo‘lgan fuqarolardan iborat guruh a'zolari o‘zlari bilan gazli va pnevmatik to‘pponchalar, pichoqlar, kastetlar, beysbol va teleskop tayoqchalari olib yurishgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Top