15:20 / 15.04.2020
6901
Janubiy Sudanda sariq isitma epidemiyasi boshlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Janubiy Sudanda sariq isitma epidemiyasi boshlangani haqida ma'lum qildi.

JSST tomonidan berilgan bayonotda Uganda bilan chegaradosh Kajo Keji mintaqasida 2ta holat qayd etilgani va u yerdagi odamlar kasallikka qarshi immunitetga ega emasligi aytilgan.

Shuningdek, bayonotda epidemiya bilan kurashish uchun ushbu hududda vaksina tadqiqoti rejalashtirilgani ta'kidlanadi.

Ayni paytda sog‘liqni saqlash tizimining zaifligi va monitoring mexanizmi yo‘qligi sababli epidemiya avj olishidan xavotir bildirilmoqda.

Chivin chaqishi natijasida yuqadigan sariq isitma virusi yuqori harorat, sariqlik, qorin og‘rig‘i, qusish kabi alomatlar bilan kechadi.

Top