19:33 / 15.04.2020
2229

Karantindagi korxona ishchilarining 529 mln. so‘m ish haqi undirib berildi

Respublikamizda koronavirus kasalligi sababli e'lon qilingan karantin davrida MIBning Angren shahar bo‘limi tomonidan, sud qaroriga asosan mas'uliyati cheklangan jamiyatning 49 nafar ishchisiga bir yil davomida to‘lanmay kelgan, jami 529,0 mln. so‘m ish haqi bo‘lim davlat ijrochilarining sa'y-harakatlari natijasida undirildi.

Shuningdek, MIBning Angren shahar bo‘limi ish yurituvida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan 130 nafar fuqarolarning jami 10 mln. so‘mlik qarzdorliklari homiylar tomonidan qoplanib berilishi natijasida, mazkur ijro hujjatlarining ijrosi tamomlandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top