23:48 / 15.04.2020
16482

Kerjakov Shomurodovni «Liverpul» hujumchisiga o‘xshatdi

Rossiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Aleksandr Kerjakov «Sport-Ekspress» nashriga bergan intervyusida Eldor Shomurodovni Rossiya chempionatining eng yaxshi uch hujumchisi safiga kiritib, uni «Liverpul» forvardiga o‘xshatdi.

Foto: KUN.UZ

«Rossiya chempionatining eng yaxshi hujumchilari qatoriga o‘zimga yoqadigan Komlichenkoni qo‘shishim mumkin, ammo uchtalikka emas. Komlichenkoning chempionatda hali o‘zini har tomonlama ko‘rsatishga vaqti bor. Uni hozircha 4-o‘ringa qo‘yaman. Dastlabki uchligimga esa Aleksandr Kokorin, Artyom Dzyuba va Eldor Shomurodovni kiritaman.

Shomurodov ayniqsa hujumni yakunlashda juda yaxshi harakat qiladi. U xuddi «Liverpul»dagi Firminoning maydondagi vazifasini bajaradi. «Rostov» forvardi maydon markaziga kelib, sheriklariga qochish uchun bo‘sh hudud yaratadi. Qolaversa u yakkama-yakka vaziyatlarda ham yaxshi o‘ynaydi», deydi «Zenit», «Sevilya» va «Tottenhem»da o‘ynagan sobiq hujumchi.

Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov Rossiya chempionatining joriy yilgi mavsumida 11ta gol bilan to‘purarlik poygasida Artyom Dzyubadan (13 ta gol) keyin ikkinchi bo‘lib turibdi.

Top