14:32 / 15.04.2020
4723

«MMFI» filialiga qabul kvotalari o‘zgartirilmaydi

«MMFI» MTYaUning Toshkentdagi filialiga 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari belgilangan loyiha muhokama uchun joylashtirildi

Uni 2019/2020 o‘quv yilida bo‘lgan miqdorda – 100 kishi, mavjud yo‘nalishlardan har biri: «Yadroviy energetika va issiqlik fizikasi», «Yadroviy fizika va texnologiyalar», «Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi», «Elektr energetikasi va elektrotexnika» uchun 25 nafardan qoldirish taklif etilmoqda. 
 
Norma’ning yozishicha, Davlat test markazi abituriyentlarning qabul jarayonini, Axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi esa kirish sinovlarini videotasvirga olish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiyasini tashkil etishni ta'minlaydi. Kirish sinovlarini o‘tkazish joyi ijarasi uchun to‘lovlar «O‘zatom» agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
 
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda «MMFI» MTYaU filialini ochish to‘g‘risidagi qaror 2018 yil iyul oyida qabul qilingan. Oliy ta'lim muassasasi O‘zbekiston atom sohasi uchun kadrlar tayyorlashda tayanch dargoh bo‘ladi. Kelgusida filialda bakalavrlar tayyorlash yo‘nalishlarini kengaytirish va magistratura ochish rejalashtirilmoqda.    
 
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Mavzuga oid
Top